У нас есть только
оригинальные песни

Prezidentning viloyatlarga safari rejimi o'zgardi

calendar 11.01.2018
1476

Shavkat Mirziyoyev endilikda qaysi hududga xizmat safariga boradigan bo'lsa, birinchi kuni joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qanday borayotgani bilan tanishadi. Bu haqda davlat rahbari O'zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig'ilishida ma`lum qilgan.

«Barchangizning e`tiboringizni muhim bir masalaga qaratmoqchiman. Bundan buyon men qaysi hududga xizmat safariga boradigan bo'lsam, birinchi kuni joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qanday borayotgani bilan tanishaman. Ikkinchi kuni esa, shu hududdagi harbiy-ma`muriy sektorlardagi ahvolni har tomonlama o'rganib chiqaman.

Yil davomida shunday tartibda ish olib boramiz. Hokimlar, okrug qo'mondonlari va boshqa tegishli mutasaddi rahbarlar buni albatta e`tiborga olishi lozim», - dedi prezident.

Ta`kidlash joizki, harbiy-ma`muriy sektorlar mudofaa sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, armiya va xalqning birligini ta`minlash uchun yaratilgan. Ularning yordami bilan mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda mahalliy hokimiyatlarning roli yanada faol va muhimroq bo'ladi.

Яндекс.Метрика