У нас есть только
оригинальные песни

Prokuratura Andijon shahar hokimining nojo'ya harakatini tekshirmoqda

calendar 04.12.2017
1210

Andijon viloyat prokuraturasi Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev ishi bo'yicha tergov ishini boshladi. Bu haqda ishonchli manba Kun.uz'ga xabar bergan.

Ma`lum qilinishicha, Dilmurod Rahmatullayev ayni paytda xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi, deputat hisoblanadi. Shu boisdan, hokimga nisbatan tergov harakatini davom ettirish uchun viloyat prokuraturasi vaqtincha «​deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish​»​ to'g'risidagi so'rovni tayyorlagan. 

Qonunchilikda nazarda tutilgan muddatga ko'ra, deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to'g'risidagi masala viloyat, tuman, shahar prokurorining yoki yuqori turuvchi prokurorning taqdimnomasiga binoan xalq deputatlari Kengashi tomonidan o'n kun ichida hal etiladi.​ Shuningdek, xalq deputatlari Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berish masalasiga doir qarori darhol tegishli prokurorga yuboriladi.​

Tegishli xalq deputatlari Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berishni rad etishi, unga nisbatan jinoyat ishini yuritishni yoki sud tartibida beriladigan ma`muriy jazoni nazarda tutadigan ma`muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuritishni istisno etadigan va bunday ishlarni tugatishga sabab bo'ladigan holat hisoblanadi. ​Prokuratura ushbu vaziyatga tegishlicha huquqiy baho berishi va tergov-surishtiruv ishini davom ettirishi ana shu Kengash qaroriga muvofiq bajariladi.

Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish

«Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to'g'risida»gi qonunda deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish haqida ko'rsatib o'tilgan.

Unga ko'ra, Xalq deputatlari Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berish masalasiga doir qarori darhol tegishli prokurorga yuboriladi.

12-modda. Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish tartibi
Deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to'g'risidagi masala tegishincha viloyat, tuman, shahar prokurorining yoki yuqori turuvchi prokurorning taqdimnomasiga binoan xalq deputatlari Kengashi tomonidan o'n kun ichida hal etiladi.

Tegishli xalq deputatlari Kengashining deputatni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik berishni rad etishi unga nisbatan jinoyat ishini yuritishni yoki sud tartibida beriladigan ma`muriy jazoni nazarda tutadigan ma`muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuritishni istisno etadigan va bunday ishlarni tugatishga sabab bo'ladigan holat hisoblanadi.

Яндекс.Метрика