У нас есть только
оригинальные песни

Prokuratura xodimlariga imtiyozli avtokredit ajratiladi

calendar 21.05.2018
1473

Prokuratura organlari xodimlariga «Asaka» banki orqali kreditga avtomobil olish imkoniyati beriladi. Bu haqda tegishli qaror loyihasi tayyorlangan, deb xabar berdi «Xs.uz».

Unga ko‘ra, organ xodimlariga avtomobillar 10 yil muddatga kredit asosida taqdim etiladi. Avtomobil narxining 25 foizi dastlabki badal sifatida to‘lanadi. Kreditning yillik foizi qayta moliyalash stavkasi (hozirgi vaqtda 14%) bilan bir xil ko‘rsatkichda bo‘ladi.

Ushbu shartlar asosida kreditga mashina olmoqchi bo‘lgan prokuratura organlari xodimlarining ro‘yxati Bosh prokuratura tomonidan taqdim etiladi.

Яндекс.Метрика