«Prokuror bo'lish narxi 35-40 ming dollar edi». Prezident poraxo'r prokurorlar haqida gapirdi

Prezident Samarqand viloyatiga xorijiy investitsiyalarni olib kirish bo'yicha salmoqli ishlar amalga oshirilishi kerakligini uqdirdi. O'zbekiston rahbari Samarqand viloyatida xorijiy sarmoyadorlar uchun imkoniyatlar cheksizligini qayd etar ekan, Past Darg'om tumanida o'tkazilgan videoselektorda investorlarni kim topib keltirishiga doir fikrlarini bildirdi.  

«Har bir tuman hokimi bir oyda 1 mln dollar olib kelmasa, unaqa hokimning nima keragi bor? Mana aeroport bor, hokimlar har oyda 15 kun Koreyaga, Xitoy, Malayziya, Indoneziyaga borsin. Bizga tumanga qorovul kerak emas. O'zimizning uchastka nozirlarimiz bor. Mahallamiz bor», - deya prezidentning so'zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri. 

Shavkat Mirziyoyev o'z ma`ruzasida, shuningdek, xorijiy investorlarni qiynab kelayotgan muammolarga ham e`tibor qaratib, korrupsiyaga aralashgan amaldorni o'sha kuni qamatishini ta`kidladi. 

«Har bir tumanga xorijdan investitsiya olib kirish bo'yicha muovin berdim. Natija yo'q. O'zi kelgan odamni ham sarson-sargordon qilasizlar, 10 foizini ber, 20 foizini ber. U zamon o'tib bo'ldi. Birorta odam korrupsiyaga aralashsa, o'sha kuni qamattiraman. Kim bo'lishidan qat`i nazar. Mana eshitayapsizlar, qancha odamni qamatvordim. Nega desangiz, poraxo'r hammasi. Bosh prokurorni nega qamadim? Hammasi o'g'ri edi. Har bir tuman prokurori qanchadan pul berganini bulbuldek sayrab yotibdi turmada.

Samarqandda ham 7 tuman prokurori har oyda berib turgan. Prokuror bo'lish uchun 35-40 ming dollardan bergan. Tuman prokurori 40 ming bergan bo'lsa, bu pulni qaytarishi uchun sotishi kerak. Mana qanday vaziyatda yashaganmiz. Qonun ustuvor, jazo muqarrar. Men necha marta aytayapman. Xudo xayringlarni bersin. Endi halol ishlamasak, qo'ymayman hech kimni. 

Qo'limiz kalta edi, bir-ikkita tashkilotlar bor edi. G'o'ddayib, atrofimizda poylab yurardi. O'zlari eng katta o'g'ri edi. Bu ham haqiqat. Endi ishlash kerak. Mana biz sharoit qilib beryapmiz. Aravani tortish kerak», - dedi Shavkat Mirziyoyev.


Комментарии (0) | Добавить: 18.03.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

O‘zbekiston ikki oyda Qozog‘istondan salkam 0,5 mln tonna bug‘doy sotib oldi
«Samsung» birdaginga ikkita egiluvchan ekranli smartfon ishlab chiqaradi
O‘zbekistonda ta’limga davlat budjetidan katta mablag‘ ajratilmoqda. Unda nega ta’lim sifati past, sohada muammolar ko‘p?
Dollarning qiziqarli tarixi
Rossiyada Putinning reytingi tushib ketdi
Xitoylik harbiylarga ishga ovqat olib kelish va onlayn translyatsiya taqiqlanadi
KXDR yadro qurolini boshqa davlatlarga bermaslikka va`da qildi
GM Uzbekistan avtomobil yetkazib berishni tezlashtirishni va’da qilayotganlarga ishonmaslikka chaqirdi
O‘zbekistonda avtomobil raqamlari xalqaro raqamlarga almashtiriladi, barcha qog‘oz hujjatlar esa bekor qilinadi
ukumat uchun alohida mobil aloqa tizimi yaratiladi
iPhone X smartfoni Android’da ishlovchi barcha telefonlardan uch marta ko'proq daromad keltirdi
Nokia X’ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi
Foto: Samolyotlarning “yotoqxonalari”
Toshkentda ma’muriy binolar atrofidagi panjaralar olib tashlanmoqda
AQShlik bloger halokatga uchrayotgan samolyotda to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya uyushtirdi
«Telegram bloklanganidan keyin ham g'alaba qozondi»
Kelajak oziq-ovqati: 10 yildan keyin dunyo ahli nima tanovul qiladi
Манзура билан очиқ видеоинтервью: унга Тамиладан ҳам баттар муносабатда бўлишяптими?
Президент фармони: Янги давлат мукофоти таъсис этилди
Qirg‘izistonlik o‘ymakor usta Qur’oni karimning 20 oyatini yog‘ochga o‘yib yozdi
AQSh Xitoyga qarshi yangi savdo cheklovlarini tayyorlamoqda
Yuridik ma`lumotga ega bo'lmay qayta tayyorlashdan o'tib yuridik xizmatda ishlash mumkin bo'ladi
Toshkentda 1-maydan sovuq suv narxi oshadi
1 iyuldan boshlab O'zbekistonda kobeyjing kartalari ishlab chiqariladi
Moskvada havo harorati 70 yillik rekordni yangiladi
Durov Rossiyada «Telegram» bloklanishiga munosabat bildirdi
Yaponiya korporatsiyasi O‘zbekistonda benzin ishlab chiqaradigan zavod quradi
Shavkat Mirziyoyev yana sobiq Bosh prokurorni esladi
AQSHda 522 kiloli pirog tayorladi
«Titanik» qoldiqlari auksionda sotilmoqda