Propiska tartibi soddalashtirildi

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 dekabrdagi 1001-sonli qarori bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo'yicha hisobga olish tartibiga fuqarolarga qulaylik yaratishga qaratilgan o'zgartirishlar kiritildi. 

1) Endilikda Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo'lish uchun turar joy hujjatlari, uy-joy mulkdorining arizasi, nikoh tuzilganligi yoki bolalar tug'ilganligi to'g'risidagi guvohnomalarning notarial tasdiqlangan nusxalari talab etilmaydi.

2) Toshkent shahar va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo'yishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi umuman bekor qilindi:
- er-xotinning amalda yashagan joyida ularning kamida bir yil birgalikda yashaganligi to'g'risida mahalla yig'ini raisi va profilaktika inspektori tomonidan imzolangan ma`lumotnoma;
- Oliy Majlisi palatalari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanganlik, tasdiqlanganlik, saylanganlikni tasdiqlaydigan hujjatlarning kadrlar bo'limi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
- davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylanganlikni tasdiqlaydigan hujjatlarning kadrlar bo'limi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
- lavozimga tayinlash to'g'risidagi buyruqdan ko'chirma.

3) Quyidagi hollarda vaqtinchalik hisobga qo'yish uchun turar joy ijara shartnomasi yoki turar joydan tekin foydalanish shartnomasi talab etilmaydi.
- fuqaro (oila a`zolari bilan birga) turar joy mulkdorining yoki ushbu turar joyda doimiy yashayotgan shaxsning yaqin qarindoshi bo'lsa, qarindoshligi darajasini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilganda;
- Toshkent shahar va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa hududlaridan xizmat safari, mehnat ta`tili, malakasini oshirish, davolanish munosabati bilan kelgan bo'lsa, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda.


Комментарии (0) | Добавить: 24.12.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi