У нас есть только
оригинальные песни

Psixologlar depressiyani davolashda yordam beradigan dastur ishlab chiqdi

calendar 15.05.2016
849

Britaniyalik psixologlar guruhi kompyuter texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar bilan birgalikda ruhiy kasalliklarni davolash uchun dasturning birinchi versiyasini ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. Dastur foydaluvchilarga depressiyani davolash ustida mustaqil ishlash imkonini beradi. Tadqiqot yakunlari British Journal of Psych Open jurnalida chop etildi.

Dastur Catch It deb nom oldi. U kognitiv va xulqiy terapiya tamoyillariga asoslanadi. Davolashga bunday yondashuv psixologik muammolar odamning noto‘g‘ri fikr va maslaklari natijasi ekanligini nazarda tutadi.

Foydalanuvchilar dasturda kun davomidagi kayfiyati va hissiy holatini ifodalaydi. Shuningdek, ular o‘zlari bilan bog‘liq barcha voqea va fikrlarni yozib boradi. Bu ruhiy muammolarga ega kishilarga o‘z fikrlariga tashqaridan nazar solishga hamda ular kayfiyatga qanday ta’sir qilishini tushunishga yordam beradi.

Dastur muammolarni bevosita yo‘q qila olmaydi. Barchasi xastaning istagiga bog‘liq. Ammo, olimlar ta’kidlashicha, ilk sinab ko‘rilganlarning davolanish jarayonida sezilarli progress kuzatilgan.

Яндекс.Метрика