У нас есть только
оригинальные песни

«PSJ» prezidenti Ispaniyada. U biryo'la 3 jamoa bilan muzokara o'tkazadi

calendar 11.08.2017
1182

«PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelayfi ayni vaqtda Madridda bo'lib turibdi. AS ma`lumotiga ko'ra, u Ispaniyaga birinchi navbatda Neymarning «Barselona»dan transferi bo'yicha ishni yopish maqsadida kelgan. Ayni vaqtda katalonlar klubi Fransiyaga braziliyalik futbolchining transfer sertifikatini yubormay turibdi, bunga 222 mln yevro hali to'lanmagani sabab.

Bundan tashqari, Al-Xelayfi «Atletiko»dan Yan Oblakni transfer qilish masalasida muzokara o'tkazmoqchi. Ushbu darvozabonni parijliklar 100 million yevroga sotib olishi mumkin.

Ispaniya poytaxtida muhokama etiladigan yana bir masala esa «PSJ» himoyachisi Toma Menening «Real»ga transferi masalasidir. Ayni vaqtda fransuzlar klubida Dani Alves kelgach bu belgiyalik futbolchiga joy qolmadi. U Madridda yozgi transferlar vaqtida «Manchester Siti»ga transfer qilingan Danilo o'rnini egallashi mumkin.

Яндекс.Метрика