У нас есть только
оригинальные песни

«PSJ» yetti karra Fransiya chempioni bo‘ldi

calendar 16.04.2018
853

«Pari Sen-Jermen» klubi muddatidan oldin mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Jamoa chempionatning 33-turida «Monako»ni 7:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa yakuniga besh tur qolganda eng yaqin ta’qibchisidan 17 ochkoga ilgarilab ketdi.

Shu tariqa «PSJ» Fransiyaning yetti karra chempionligiga erishdi. Parijliklar 1985/86, 1993/94, 2012/13, 2013/14, 2014/15 va 2015/16-yilgi mavsumlarda ham chempionlikni nishonlagan edi.

PSJ – Monako 7:1 (4:1, 3:0)
Gollar: Lo Chelso (14), (27) , Kavani (17), Di Mariya (20), (58), Falkao (76, avtogol), Draksler (86) — Lopesh (38)

Яндекс.Метрика