У нас есть только
оригинальные песни

Pul o‘tkazmasi daromad hisoblanadimi?

calendar 29.01.2017
1215

Bank sohasida axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi kuchayib borgani sari, mablag‘larni olishning yangidan-yangi shakllari paydo bo‘lmoqda. Ular orasida bir plastik kartadan ikkinchisiga pul o‘tkazish ham bor. Shu munosabat bilan savol tug‘iladi: bunday yo‘l bilan mablag‘ olinishi soliq organlari nuqtai nazaridan qanday ko‘rib chiqiladi? Ular soliq solinadigan pul mablag‘lari hisoblanadimi? Mutaxassis Kamila Karimova ushbu savollarga o‘zining “Pul o‘tkazmasi daromad hisoblanadimi?” sarlavhali maqolasida javob berishga harakat qildi.

Davlat soliq qo‘mitasi saytiga Toshkent shahar Davlar soliq boshqarmasi tomonidan joylangan izohda O‘zbekistonda alohida shaxslar tomonidan olingan barcha pul o‘tkazmalari soliqlardan ozod bo‘lgan, ammo deklaratsiya qilinishi kerak bo‘lgan daromadlar hisoblanishi aytiladi.

Qabul qilingan pul o‘tkazmalarining summasi haqida jismoniy shaxs — pul o‘tkazmasini qabul qilib oluvchi mustaqil tarzda dekralatsiya qilishi kerak. Bank o‘tkazmalar summasini to‘lashda soliq agenti hisoblanmaydi, ya’ni bank to‘langan o‘tkazma summasidan soliq ushlab qolmaydi va o‘tkazmani to‘liq hajmda to‘laydi.

O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq, jismoniy shaxslardan bepul olingan mulklar yoki mulk huquqlari qiymati boshqa daromadlar hisoblanadi va umumiy daromad tarkibiga kiritiladi. Umumiy daromad esa daromad solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan obyektdir.

Ammo Soliq kodeksining 179-moddasiga ko‘ra, jismoniy shaxslardan meros va hadya tartibida, shuningdek, bepul olingan pul va mahsulot shaklidagi daromadlarga imtiyozlar ko‘zda tutilgan, ya’ni ularga daromad solig‘i solinmaydi. “Bepul” ta’rifiga bir jismoniy shaxs plastik kartasidan ikkinchisinikiga o‘tkazmalarning ko‘pchilik qismi to‘g‘ri keladi.

Alohida shaxs soliq organlariga plastik karta hisobiga yoki bank hisobiga kelib tushgan mablag‘larning kelib chiqishi haqida tushuntirish berishi shart emas. Shu bilan birga, olingan ma’lumot, hujjatlar, ma’lumotnomalar asosida soliq xizmati xodimlari sudda soliqdan bosh tortish holatini isbotlay olsa, ular sud qarori asosida to‘lanishi kerak bo‘lgan soliq summasini mustaqil belgilash, shuningdek, jarimalar solish huquqiga ega bo‘ladi.

Яндекс.Метрика