У нас есть только
оригинальные песни

Punktual odamlarga xos 3 ta odat

calendar 18.11.2017
1164

Agar siz har doim kechiksangiz va bunga barham berishni istasangiz, o‘z vaqtida bajaradigan odamlarning ba’zi odatlaridan o‘rnak olishga harakat qiling.

  1. Ular tayyorlanishga ketadigan vaqtni real belgilaydi

O‘z vaqtida bajaradigan odamlar qaysi ishga qancha vaqt ketishini biladi. Kechikadiganlar esa aksincha, hammasini haddan tashqari optimistik tarzda belgilaydi.

O‘zingizda vaqtga nisbatan real munosabatni shakllantirish uchun, ertalabki tayyorlanish va ishgacha bo‘lgan yo‘lga sizning hisobingiz bo‘yicha qancha vaqt ketishini yozib qo‘ying. Keyin hafta davomida, haqiqatan ham bunga qancha vaqt ketishiga e’tibor bering.

              2. Ular qo‘shimcha vaqt bilan rejalashtiradi

Puxta odamlar odatda ertaroq keladi, shoshilish va kechikish ularda stress paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Kechikuvchilar ham stressni boshdan kechiradi, farqi shundaki, ular ertaroq kelishga urinmaydi — ular o‘z vaqtida kelishga harakat qiladi.

Yo‘lni rejalashtirishda, puxta odamlar kutilmagan vaziyatlar va tirbandliklarni ham hisobga oladi. Agar o‘z vaqtida kelishni xohlasangiz, ertaroq kelishni rejalashtiring.

              3. Ularda hammasi yo‘lga qo‘yilgan

Kundalik harakatlarimizning 45 foizini biz beixtiyor bajaramiz. Hayotimiz odatlardan tashkil topgan va ularning bo‘lishi zarur, aks holda tishni qanday tozalash yoki ishga qaysi yo‘l bilan borishni hal qilish uchun bizning ancha vaqtimiz ketar edi.

O‘z vaqtida bajaradigan odamlarning odatlari aniq tuzib chiqilgan. Bunday odamlar o‘zining kundalik ishlarini oldindan tahlil qiladi, qulay tartib ishlab chiqadi va unga amal qiladi. Har doim kechikadiganlar esa, aksincha o‘z hayotini oldindan rejalashtirmaydi. Kun tartibining muammolarini o‘ylash va o‘zgartirish o‘rniga, ular ertaga hammasi yaxshiroq bo‘lishiga umid qiladi.

Яндекс.Метрика