У нас есть только
оригинальные песни

Pushkov: ЕI Ukrainadan borgan sayin ko'proq qo'rqmoqda

calendar 18.07.2015
1486

Rossiya Davlat Dumasining xalqaro ishlar bo'yicha qo'mitasi rahbari Aleksey Pushkovning fikricha, Ukrainada "O'ng sektor” partiyasining Oliy Radani tarqatib yuborish haqidagi talablari Еvropa Ittifoqini xavotirga solmoqda. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozuv qoldirdi. "Yaroshning ishonchi komil: Poroshenko o'z o'rnida emas, Radani tarqatib yuborish va yangi saylovlar e'lon qilish kerak. ЕI Ukrainadan borgan sayin ko'proq qo'rqmoqda”, – deyiladi xabarda. Bundan tashqari, Pushkov Ukrainadagi vaziyatni Suriya va Iroqdagi voqealar bilan qiyosladi: "Iroq va Suriya O'rta Sharqda tartibsizlik zonasiga aylandi, Ukraina esa Sharqiy Еvropada”.
Яндекс.Метрика