У нас есть только
оригинальные песни

Putin: AQSh Rossiya va butun dunyoni Erondagi yadro muammosi bilan chalg'itib, aldadi

calendar 23.10.2015
1911

Rossiya prezident Vladimir Putinning aytishicha, AQSh Rossiya va butun dunyoni Erondagi yadro muammosi haqidagi mubolag'ali gaplari bilan aldadi.

"Bir necha kun oldan AQSh Еvropada aksilraketa tizimini sinovdan o'tkazdi. Bu nimani anglatadi? Bu shuni anglatadiki, biz amerikaliklar bilan bahslashganimizda haq edik.

Rossiya avvaldan bilardiki, AQShning aksilraketa tizimini rivojlantirishdan maqsadi butun dunyoga o'z qudratini namoyish etish. Ha, Rossiya va dunyodagi boshqa mamlakatlar AQShning nayrangiga uchishdi. Ular hammaning e'tiborini Erondagi yadro muammosiga qaratib, chalg'itdi va o'zlari qurollarini rivojlantirishda davom etishdi", deydi Putin.

U shuningdek, Erondagi yadro muammosi butunlay hal qilingani haqida aytib o'tgan.

"Eron yadroviy dasturi bilan bog'liq muammo hal etib bo'lingan. Erondan kelishi mumkin bo'lgan hech qanday xavf mavjud emas. AQSh ham aksilraketa tizimini rivojlantirishni to'xtatishi kerak", deydi u.

Яндекс.Метрика