У нас есть только
оригинальные песни

Putin AQSh Rossiyaga xavf soluvchi raketani safga kiritishini ma'lum qildi

calendar 18.06.2016
1609

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya rahbariyati AQSh nechanchi yilga Rossiya yadroviy salohiyatiga xavf soluvchi katta radiusdagi yangi raketani olishini bilishini aytdi. Bu haqda 17 iyunda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

Putin bu haqda Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida xalqaro axborot agentliklari rahbarlari bilan suhbati chog'ida ma'lum qildi.

"Biz amerikaliklar ta'sir qilish doirasi 500 km emas, balki ming, undan keyin esa yanada ko'proq bo'ladigan yangi raketani taxminan qachon olishini bilamiz va shu vaqtdan boshlab, ular yadroviy salohiyatimizga xavf sola boshlaydilar. Biz yilma-yil nima sodir bo'lishini bilamiz. Ular ham biz bilishimizni biladi", deb aytdi Putin.

Putin vaziyat bunday ketsa, dunyo yangi o'lchovga kirishini ta'kidlab o'tdi. "Muammo mana nimada. O'zlarini go'yoki hech narsa bo'lmayotgandek tutishmoqda. Ularga qanday qilib etkazishni tushunolmayapman", deb aytdi Putin.

Ba'zi rossiyalik harbiy mutaxassislarning fikricha, Putin Block IIB modifikatsiyasidagi SM-3 raketaga qarshi raketalarining seriyali ishlab chiqarilishini nazarda tutayotgan bo'lishi mumkin. Bu raketa hozirda mavjud bo'lgan Block IA va IB versiyasidagi raketalardan o'z ko'rsatkichlari bo'yicha ustunroqdir. Istiqbolli raketa-ushlovchi Rossiya raketalarini yo'nalishining faol qismida yo'q qila oladigan ko'rsatkichlarga ega bo'ladi.

14 iyunda Rossiya Federatsiya kengashining mudofaa va xavfsizlik bo'yicha qo'mitasi raisi birinchi o'rinbosari Frants Klintsevich NATOning Rossiyaga "global zarbasi" rejalari haqida aytib o'tgandi. Senatorning aytishicha, NATO bunda Boltiqbo'yidagi eski sovet bazalaridan foydalanadi. "AQShning shiddatli global zarbasi g'oyasi bilan bog'liq ravishda tayyorlanayotgan platsdarmlar haqida gap ketganda aynan shu bazalar nazarda tutiladi", deb aytdi Klintsevich.

Klintsevichning aytishicha, NATOning bu operatsiyaga tayyorgarligi "AQSh buyrug'i" bilan olib borilmoqda. Klintsevichning ta'kidlashicha, bu g'oya "Rossiyaning 3500-4000 muhim ob'ektlari: boshqaruv punktlari, kommunikatsiyalar, zavodlar, yadroviy hujum vositalariga zarbalar berishni nazarda tutadi".

Яндекс.Метрика