Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochi shahrida Suriya yetakchisi Bashar Asad bilan uchrashdi. Bu haqda Kreml saytida xabar berilgan.
Ta`kidlanishicha, Putin Asadga Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi va Mudofaa vazirligi rahbariyati tarkibini tanishtirgan.
«Sizga Suriyani qutqarishda hal qiluvchi o'rin tutgan odamlarni tanishtirmoqchiman. Albatta, janob Asad bu yerdagi ba`zilarni shaxsan taniydi», - deya ma`lum qildi Putin.
Bundan tashqari, Vladimir Putinning ma`lum qilishicha, AQSh yetakchisi Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot o'tkazadi. Ta`kidlanishicha, muloqot bugun, 21 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
«Bugun (20 noyabr) Qatar amiri bilan muloqotni rejalashtirdim, ertaga – Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp bilan, keyin esa – mintaqa davlatlari yetakchilari bilan», - deya ma`lum qildi Putin.
Uning aniqlik kiritishicha, suhbatlar davomida Suriya mavzusi muhokama etiladi.