У нас есть только
оригинальные песни

Putin Donbassga tinchlikparvar kuchlar joylashtirilishiga rozi bo‘ldi

calendar 01.05.2015
2016


"Normand to‘rtligi” — Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko, Fransiya prezidenti Fransua Olland, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Angela Merkel o‘rtasida telefon orqali subat bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ukraina prezidentining rasmiy sayti ma’lum qildi.

Tomonlar avval kelishilgan chegara chizig‘idagi 10 ta punktda o‘t ochishni to‘xtatish rejimini monitoring qilish va tekshirish uchun YXHT vakillari qo‘yilishi lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, ular Poroshenkoning Shirokinoni harbiysizlantirish va u yerda YXHT postini joylashtirish taklifini yoqladi.

Mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish muhokamasi chog‘ida Putin Donbassda tinchlikparvar kuchlar kontingenti joylashtirilishiga rozi bo‘ldi. Poroshenko Putindan yana bir marta uchuvchi Nadejda Savchenkoni ozod qilishni so‘radi.


Яндекс.Метрика