У нас есть только
оригинальные песни

Putin Frantsiyaga borishdan bosh tortdi

calendar 11.10.2016
1229

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Frantsiya poytahti Parijga borish rejasidan voz kechgan. Reyter agentligi Frantsiya prezidenti ma`muriyatidagi manbasiga asoslanib habar qilishicha, 19 oktyabr' kuni bo'lib o'tishi kutilgan ushbu tashrif bekor qilingani haqida rasmiy Moskva tomoni ogohlantirish yo'llagan.

Hozircha bu ma`lumot rasman tasdiqlanmadi.

Shu tariqa, Moskva tomoni frantsuzlar Yetakchisi Fransua Ollandning Suriya masalasini Parijda muhokama qilish bo'yicha taklifini rad qilgan.

RF Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 6 oktyabr' kuni frantsiyalik hamkasbi Jan-Mark Eyro bilan Moskvadagi uchrashuvi chog'ida Putin 19 oktyabr' kuni Frantsiyaga ishchi tashrif uyushtirib,  Olland bilan Suriya hamda Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishiga kelishib olgandi.

8 oktyabr' kuni Rossiya Frantsiyaning BMT HKda Halabdagi o't ochishni to'htatish bo'yicha rezolyutsiyaga veto qo'ygandi.

10 oktyabr' kuni Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning Parijga tashrifiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha ish olib borilayotgani haqida ma`lum qilgandi.

Undan oldinroq, Frantsiya prezidenti Putin bilan uchrashuv foydali bo'lishiga shubha bildirayotgani haqida habar berilgandi.

Яндекс.Метрика