У нас есть только
оригинальные песни

Putin Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaning 70 yilligini 2015 yilning eng muhim voqeasi deb aytdi

calendar 26.12.2015
901

                            

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremldagi Yangi yil qabulidagi nutqida o'tayotgan 2015 yilga yakun yasadi va yilning eng muhim voqeasini keltirib o'tdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

“Biz o'tayotgan yilga yakun yasamoqdamiz va keyingi yilga rejalar qurmoqdamiz. O'tayotgan yilda ko'plab voqealar bo'ldi, biroq ular ichida Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaning 70 yilligi eng muhim voqea bo'ldi”, deb aytdi Putin.

Putin mamlakat bu sanani “hayot yo'li ilhomlantiruvchi ota-bobolar oldida yuksak sharaf” bilan nishonlanganini ta'qidlab o'tdi. 

Prezident xalqning birdamligi, “birgalikdagi harakat qilishga intilishi va istalgan sinovlarda o'zining bosh qadriyatlarini qo'llab-quvvatlashga tayyorligini” qayd qilib o'tdi. 

Avvalroq Putin Yangi yilni oila davrasida kutib olishi ma'lum qilingandi.

Яндекс.Метрика