У нас есть только
оригинальные песни

Putin inauguratsiyaga "Kortej" loyihasidan bo'lgan yangi avtomobilda keldi

calendar 07.05.2018
1372

Rossiya prezidenti etib saylangan Vladimir Putin Kreml Birinchi korpusidan Katta Kreml saroyidagi inauguratsiya marosimiga yangi avtomobilda yetib bordi.

Putin bu safar an`anaviy "Mersedes"dan emas, balki yangi limuzindan foydalangan, bu, katta ehtimol bilan "Kortej" loyihasidan bo'lgan transport vositasidir. Qora rangli mashina katta o'zgacha jihatga ega – oldingi kapotda yirik kumush rama bor.

Kremldagi inauguratsiya marosimiga kelganlar buni qarsaklar bilan qarshi olishgan. "AQSh prezidenti Donald Trampdan ham yaxshiroq", - degan mehmonlardan biri.

Яндекс.Метрика