У нас есть только
оригинальные песни

Putin: Inson o'zini hammadan yahshi deb hisoblay boshlasa, u muvaffaqiyatsizlikka uchraydi

calendar 01.09.2016
2052

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hech bir Yetakchining hulq-atvorida manmanlik bo'lmasligi kerak, deb hisoblaydi. Davlat rahbari Vladivostokdagi 2-sonli gimnaziya o'quvchilari bilan bo'lagn uchrashuvda shu haqida so'z yuritdi. 

“Kimki Yetakchilikka yoki qandaydir mukofotga erishishga harakat qilayotgan bo'lsa, u hech qachon o'zini hammadan yahshi deb hisoblab, manmanlikka berilmasligi kerak. Inson o'zini hammadan yahshi deb hisoblay boshlasa, u muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Ko'p narsaga erishishga intilish yahshi, albatta, lekin manmanlik - yomon”, - dedi Putin. 

Umuman olganda, u gimnaziyadagi Yetakchilik fazilatlarini tarbiyalash tizimini ijobiy baholadi. 

Maktab o'quvchilari ham prezidentdan ko'p yillar davomida davlatni boshqarish qanday ekanligi haqida savol berishdi. 

“Qanday ekanligini aytmayman, buni odamlar o'zi kelib, saylovlarda ovoz berib aniqlashadi”, - deya javob berdi Putin. 

Bundan tashqari, davlat rahbari o'quvchilarga “butun umr bo'yi o'qish kerakligi”ni ta`kidladi.

Яндекс.Метрика