Putin kelajakda atom bombasidan ham xavfliroq narsa nima bo'lishini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochida o'tayotgan Butunjahon yoshlar va talabalar festivali sessiyasida nutq so'zladi. Bu festivalga butun dunyodan 30 ming kishi kelgan.

Festivalning oxirgi sessiyasi kelajakka bag'ishlandi. Putin bu boradagi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

U fan va genetikadagi taraqqiyot haqida to'xtalib, bir bilimlar uchun boshqa bilimlarni izlashda ehtiyot bo'lish kerakligini aytdi. "Biz ishimizning ma`naviy, axloqiy tomonlarini hech qachon unutmasligimiz kerak. Barcha qilayotgan ishlarimiz foydali bo'lishi, insonni mustahkam qilishi kerak, uni barbod qilishi kerak emas", deb aytdi Putin. 

Putinning aytishicha, irsiy muhandislik (gennaya injyeneriya) dorishunoslik, inson kodini o'zgartirish sohasida ajoyib imkoniyatlarni beradi.  

"Faraz qiling, inson berilgan ko'rsatkichlarga ega boshqa insonni yaratishi mumkin. Bu ajoyib matematik, genial musiqachi bo'lishi, biroq shu bilan birga qo'rquvsiz, rahm-shafqatsizlik bilan jang qiluvchi harbiy bo'lishi ham mumkin", deb o'z so'zlarini davom ettirdi Putin.

"Insoniyat o'z rivoji va mavjudligining juda mas`uliyatli davriga kirishi mumkin va ehtimol, yaqin orada kiradi ham. Va men hozir yuqorida aytganlarim atom bombasidan qo'rqinchliroq bo'lishi mumkin", deb aytdi Putin.

Putinning ta`kidlashicha, shu sababli yangi texnologiyalardan samarali foydalanish va ularni amaliyotga keng joriy qilish lozim. 

Putin bunga bir misol keltirib o'tdi: "Bir faraz qiling, Rossiyaning g'arbiy nuqtasi – Kaliningraddan uning eng sharqiy nuqtasi – Vladivostokkacha bugungi kunda samolyotda 8-9 soatdagidek emas, koinot texnikasi yordamida 20 daqiqada yetib bora olasiz. Raketa shunday tezlik bilan uchadi. Ulardan foydalanish mumkinmi? Mumkin. Biroq u qo'llanadimi – yo'q. Chunki juda qimmat turadi. Koinot turizmi rivojlangan – koinotga uchish 20 mln dollar turadi. Bunday safarni bu yerdagilardan biror kishi o'ziga ijozat bera oladimi? Buning ehtimoli juda kichik, biroq biz bu texnologiya keng amaliyotga tatbiq qilinishiga erishmog'imiz kerak", deb aytdi Rossiya prezidenti.

Putin "eng muhim deb bilgan narsalardan biri – ta`limga e`tiborni kuchaytirish" kerakligini qo'shimcha qildi.

 


Комментарии (0) | Добавить: 22.10.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

La Liga. "Real" safarda qiyin g'alabaga erishdi
Dunyodagi eng ulkan oltin koni
Chilim va elektron sigaretlarni qonun yo'li bilan taqiqlash vaqti yetmadimikan?
«Kerak bo'lsa stolbani ham olib borib qamardi». Prezident yana MXXning kirdikorlari haqida gapirdi
Messi yana bir ko'rsatkich bo'yicha «Real» futbolchisi rekordini yangiladi
Tramp «ruslar bilan band bo'lgan» FQBni jiddiy aybladi
Kim Chen Inning rafiqasi haqidagi ma’lumotlar
Япониялик аёл фарзандини видео ўйинлардан ҳимоя қилиш йўлини ўйлаб топди
“Ичкарида”ги Селал — Четин Текиндор
Umid Ahmadjonov: “Futbolchi o'z ustida ishlashi shart, aks holda unga litsenziya berilmaydi”
Moskvada 2021-yilgacha 50 ta yangi metro bekati ochiladi
“O‘zbekneftegaz” va Jizzakh Petroleum Ai-95 narxini o‘zgartirdi
O‘zbekistonda 8000 dan ziyod giyohvand bemor ro‘yxatda turadi
AQShda boshpanasizlar sovuqda qanday jon saqlaydilar?
Adliya organlarining moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanadi
1 martdan boshlang'ich sinflarni 5 kunlik o'qishga o'tkazish rejalashtirilmoqda
Davron Kabulov "Million"ning yangi a'zosini tanishtirdi
“Sevgi iztirobi” efirdan olib tashlandi
Shavkat Mirziyoev Kogondagi harbiy qismda sharoitlarni ko'zdan kechirdi
«Chimyon» hududida ko'chki xavfi e`lon qilindi
Roman Abramovich Telegram'ga 300 mln dollar sarmoya kiritdi
Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga bordi
MIB plastik kartochkadan pul yechib olishi uchun sud qarori kerakmi?
«Mafiya davlati» - Saakashvili
Rossiyada «YouTube»ning ishlamasligiga birgina belgi sababchi bo‘lmoqda
Shavkat Mirziyoyev: Buxoroda 90 ming ish o‘rni yaratiladi
Coca-Cola’ning daromadi 5 marta tushib ketdi
Buxoroda baliqchilikni rivojlantirishga 100 milliard so‘m ajratiladi
MIBga qarzdorlarning plastik kartochkasidan pul yechib olish huquqi berildi
Avtomobillar oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaganlik uchun notarial to‘lov arzonlashdi