Putin Kemerovodagi fojia haqida: Yig'laging emas, o'kirging keladi

Kemerovodagi fojiadan keyin bu shaharga 27 martda Rossiya prezidenti Vladimir Putin keldi. U “Zimnyaya vishnya” savdo markazidagi yong'in oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha yig'ilish o'tkazdi. Putin yig'ilishda Rossiya tergov qo'mitasi, sog'liqni saqlash va favqulodda vaziyatlar vazirliklari rahbarlari va viloyat rahbariyati bilan uchrashdi.

Tergov qo'mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin savdo markazida yong'in signalizatsiyasi ishlamagani haqida, favqulodda vaziyatlar vaziri esa tegishli tekshiruvlar “soliq ta`tillari” bilan qiyinlashganini ma`lum qilgan. Bunga javoban Putin xavfsizlik masalalari va soliq ta`tillarini bir-biriga bog'lamaslikni so'ragan.  

“Har bir shaxs harakatlariga huquqiy baho berish lozim, barchasini sinchkovlik bilan o'rganib, huquqiy baho berish kerak. Qandaydir ta`tillarni bahona qilish kerak emas. Pulsiz birorta hujjatni olib bo'lmaydi, pulini to'lasang esa istagan narsangga imzo qo'yib berishadi. Mana falokat nimada, ularning odamlar xavfsizligiga tupurganlari bor”, deb aytgan Putin.

Putin yong'inda halok bo'lganlar xotirasini yod etib, ularga atalgan yodgorlikka gullar qo'ygan. U shuningdek Kemerovo shifoxonasida yong'inda jabr ko'rganlar va voqea tergovi borishidan norozi bo'layotgan tashabbuskor guruh bilan uchrashgan. Putin ulardan halok bo'lganlar haqidagi rasmiy ma`lumotlarga shubha qilmaslikni va “shubhali ma`lumotlarga” ishonmaslikni so'ragan.   

27 mart kuni bir necha yuz kemerovoliklar viloyat ma`muriyati binosi oldida miting o'tkazib, hukumatdan savdo markazida halok bo'lganlar bo'yicha haqiqiy raqamlarni ma`lum qilishni talab qilishgan. Ko'pchilik odamlar halok bo'lganlar haqidagi rasmiy ma`lumotlarga ishonishmayapti va qurbonlar bir necha yuz nafar bo'lishi mumkinligini aytishmoqda.


Комментарии (0) | Добавить: 27.03.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Bu yil maktablarda «So'nggi qo'ng'iroq» bo'lmaydi
Bollivud yulduzlari O‘zbekistonda kliplarini suratga olmoqda
Amerikalik o‘qituvchi ayol kasal qizchaga o‘z buyragini berishga qaror qildi
O'zbekistonda Skype, WhatsApp va Viber ishi tiklandi
Prokuratura xodimlariga imtiyozli avtokredit ajratiladi
«YouTube»dagi siz bilmagan 8 funksiya
«Spark» jahon bozorini tark etadimi?
Ixtiyoriy-majburiy hashar taqiqlanadi!
Shavkat Mirziyoyev Andijondagi harbiy qismga tashrif buyurdi
Farg‘onada MIB ijrochisi hayotiga suiqasd qilindi
Mirziyoyev Andijonda banan yetishtiriluvchi issiqxonani kirib ko'rdi
Endi STIRni DXMdan olish mumkin
“Nima qilishga ham hayronman”. Sitora Farmonova “O‘zbekkonsert” qaroriga munosabat bildirdi
Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytdi
Turgan holatda ishlaydiganlar sog'lig'ini saqlab qola oladimi?
«Instagram» repost funksiyasini ishga tushirdi
Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi yakunlandi. Nimalarga erishildi?
O‘zbekistonda xorijiy elektron hamyonlardan to‘lash tartibi belgilanadi
Shahzoda va Lola 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga atab duet kuyladi
Buyuk Britaniyada maktab o‘quvchilariga imtihonda qo‘l soat taqish taqiqlandi
Rossiyada ilk qirg'iz qishlog'i paydo bo'ldi
AQShlik maosh oluvchi echki
Afsonaviy bokschi Mayk Tayson O‘zbekistonga kelishi mumkin
2,4 mln bolaning hayotini saqlab qolgan “oltin qo'lli” donor oxirgi marta qon topshirdi
Bosh prokuratura huzuridagi Agroinspeksiyaga rahbar tayinlandi
Yaponiya AQSh bojlariga javob choralarini tayyorlab qo'ydi
Bokuda xalqaro savdo porti ochildi
Ro'za tutish qoidalarini bilasizmi?
Google va Facebook O'zbekistonda ish boshlashi uchun shartlarini ma`lum qildi
Sayyoramizdagi sovuqqa eng bardoshli insonlar aniqlandi