У нас есть только
оригинальные песни

Putin Leninning maqbaradagi tanasini avliyolarning qoldiqlariga tenglashtirdi

calendar 14.01.2018
1184

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi hujjatli filmda mamlakatning kommunistik o‘tmishi va Lenin haqida fikr bildirib o‘tdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

“Aslida kommunistik ideologiya xristianlikka o‘xshaydi. Erkinlik, birodarlik, tenglik, adolat. Barchasi muqaddas kitoblarda bor”, — dedi u.

Bunga misol tariqasida Putin kommunistlar yetakchisi Leninning maqbarasini keltirdi:

“Leninni maqbaraga joylashtirishdi — bu pravoslavlarda, umuman xristianlardagi avliyolarning tanasini saqlashdan nimasi bilan farq qiladi? Ba’zilar xristianlikda bunday an’ana yo‘q deydi. Qanaqasiga yo‘q bo‘lsin? Afonga boring, u yerda avliyolarning qoldiqlari saqlanadi, bu yerda ham avliyolar Sergiy va Germanning qoldiqlari bor”.

Яндекс.Метрика