loading...

 

Putin Markaziy bankka rublni ochiq suzishga qo'yib yuborishni topshirdi

Rossiya banki rubl kursiga nisbatan o'tkaziladigan siyosat bo'yicha Rossiya prezidenti Vladimir Putin bosimi ostida emas, deb xabar byermoqda Markaziy bankdagi manbaga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi. 

19 iyulda Putin bosh vazir Dmitriy Medvedevga rublning mustahkamlanishi uchun zaruriy choralar haqida o'ylab ko'rishni taklif qildi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, Putin rubl kursining mustahkamlanishi haqida gapirganda uning zaiflashishini nazarda tutmagan. Putin 22 iyulda nazorat-taftish faoliyatini tartibga solishga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazishni rejalashtirgandi.

Rubl Markaziy bank uni erkin suzishga qo'yib yuborgandan ikki yildan ko'proq vaqtdan keyin mustahkamlana boshladi. 21 iyulda bank rubl kursiga ta'sir qiluvchi choralar ko'rmoqchi emasligini ma'lum qilgandi.  

"Agar Markaziy bank rublni kuchsizlantirmoqchi bo'lsa, bu pul massasining ko'payishiga, inflyatsiya bosimining oshishiga olib keladi va oqibatda butun siyosatning to'liq burilishiga olib keladi. Aynan shuning uchun, Markaziy bank bu yo'nalishda harakatlanishda davom etadi", deb aytdi BCS Financial Group bosh iqtisodchisi Vladimir Tixomirov.

Putin yordamchisi Andreya Belousovning fikricha, rublning haddan tashqari mustahkamlanishi Rossiya iqtisodiyotiga qo'shimcha muammolar yaratuvchi muammo bo'ladi. 

O'z navbatida VEB banki raisi o'rinbosari Andrey Klepach rublning mustahkamlanishini byudjetning 150-160 mlrd rubl yo'qotishiga qiyosladi.


Комментарии (0) | Добавить: 23.07.2016

Добавить комментарий
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash
loading...