Putin o‘zi haqidagi filmni ko‘rayotib uxlab qolganini tan oldi

Rossiya prezidentini Oliver Stounning “Putin bilan intervyu” filmida suratga tushishga matbuot kotibi Dmitriy Peskov undagan. Bu haqda davlat rahbarining o‘zi ma’lum qildi.

“Avvaliga film zarurligiga shubha qilgandim, chunki nima deyishimni shundoq ham hamma biladi. Biroq u amerikalik tomoshabinga birinchi galda Rossiya haqida gapirib berishim zarurligini aytib, meni ko‘ndirdi”, — dedi Peskovni nazarda tutgan Putin.

Suratga olish uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rilmagani ma’lum bo‘ldi. Prezident matbuot xizmati uning jadvalida bo‘sh vaqtlarni topib, filmni suratga oladigan guruhni taklif etgan.

Putinning tan olishicha, filmni o‘zi hali to‘liq ko‘rmadi: xorijiy tashrifdan qaytayotganda uni ko‘rayotib, uxlab qoldi.

 


Комментарии (0) | Добавить: 15.07.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]