У нас есть только
оригинальные песни

Putin qay tariqa prezident bo‘lganini so‘zlab berdi

calendar 22.07.2017
2466

Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat rahbari bo‘lishni rejalashtirmaganini bildirdi, biroq o‘z oldiga doimo keng ko‘lamli maqsadlar qo‘yishni tavsiya qildi.

“Bu haqda gapirib o‘tgandim, lekin yana qaytaraman: prezident bo‘lishni rejalashtirmaganman, meni bunga hech nima undamagan”, — deb tan oldi Putin “Sirius” bolalar markazi tarbiyalanuvchilari savollariga javob berar ekan.

“Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Nikolayevich Yelsin o‘ziga taklif qildi va keyinchalik prezidentlikka nomzodimni qo‘yish uchun hukumat raisi lavozimiga taklif etdi. Men unga shu yerning o‘zida: ‘Boris Nikolayevich, buning uchun kishi taqdirini butkul o‘zgartirishi kerak. Men bunga tayyor emasman’, dedim. U o‘yga cho‘mdi, biroz vaqt o‘tdi va: ‘Siz yana bir bor o‘ylab ko‘ring, biz bunga yana qaytamiz’, dedi, — hikoya qildi Putin 1999-yilda bo‘lib o‘tgan suhbatni eslar ekan.

Putinga ko‘ra, Yelsin baribir uning nomzodini Davlat dumasiga hukumat raisi sifatida taklif etgan, keyin esa “tabiiy ravishda barchasi saylovoldi prezidentlik kampaniyasiga ulanib ketgan”.

Яндекс.Метрика