У нас есть только
оригинальные песни

Putin: Rossiya hech kim bilan urushishni istamayapti

calendar 08.02.2015
4204


Rossiya hech kim bilan urushishni istamayapti, deb aytib o'tdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Bu haqda "RIA "Novosti” axborot agentligi xabar berdi. "Bizning davlatga qarshi urush ketayotgani haqida gapiradigan bo'lsak, tangriga shukrki, bunday hol yo'q… Biroq bizning rivojlanishimizni turli yo'llar bilan to'xtatib qo'yishga urinishlar bo'layapti”, deydi Putin. Putinning so'zlariga ko'ra, hozirda AQSh boshchiligidagi bir qutbli dunyoni o'rnatishga harakat olib borilmoqda. "Bunday dunyo tartibi Rossiyani hech qachon qoniqtirmaydi. Agar bu kimgadir yoqsa, agar kimdir yarim okkupatsiya sharoitlarida yashashni xohlasa, biz buni qilmaymiz. Biroq biz hech kim bilan urushishni ham istamayapmiz. Biz barcha bilan hamkorlik qilish tarafdorimiz”, deb ta'kidlab o'tdi Putin. Putin, shuningdek, Rossiyaga sanktsiyalar bilan bosim o'tkazish hech kimga foyda keltirmasligini aytib o'tgan.
Яндекс.Метрика