У нас есть только
оригинальные песни

Putin Rossiya hukumatida o'zgarishlar ro'y berishini aytdi

calendar 19.03.2018
1131

Rossiya prezidentligi uchun saylovlarda g'alaba qozongan Vladimir Putinning ma`lum qilishicha, hukumat tuzilmasidagi o'zgarishlar inauguratsiyadan so'ng yuz beradi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Umuman olganda, hukumatdagi barcha o'zgarishlar yangi muddatga o'z vazifalarini bajarish uchun kirishgan prezident tomonidan amalga oshirilishi kerak. Shuning uchun hozirda nimani va qanday qilish lozim ekani haqida o'ylayapman, shu sababdan asosiy o'zgarishlar, barcha o'zgarishlar inauguratsiyadan so'ng yuz beradi», - deya aytib o'tdi Putin.

Shuningdek, uning umid bildirishicha, jamoasi yaqin yillar davomida ishini davom ettira oladi.

Яндекс.Метрика