У нас есть только
оригинальные песни

Putin: Rossiyada bir yil ichida xorijiy davlatlarning 320 razvedkachisi aniqlandi

calendar 20.12.2015
1403

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat maxsus xizmatlari 2015 yil davomida bir qator xorijiy davlatlarning 320 dan ortiq razvedkachisi va agenti aniqlanganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqdaRIA “Novosti” axborot agentligi.

Putin bu haqda Kremlda Xavfsizlik organlari ishchilari kuniga bag'ishlangan tadbirda ma'lum qildi.

“Kontrrazvedkachilarga katta mas'uliyat yuklanadi. Bu yili ular xorijiy davlatlar maxsus xizmatlarining 320 dan ortiq xodimi va agenti hamda ularning sheriklarini aniqlashdi”, deb aytdi Putin.

Putin Rossiyaning xavfsizlik organlari “bu chaqiriqqa munosib javob berishga tayyorligiga” ishonishini aytdi.

“Biz bir qator davlatlar razvedkalari, bizda aytiladigandek, Rossiya bo'yicha ishlashni ko'paytirayotganini ko'rmoqdamiz”, deb aytdi Putin.

Putinning aytishicha, davlat xavfsizligi va harbiy boshqaruv organlari qurolli kuchlarning imkoniyatlarini oshirish uchun o'z ishlarini muvofiqlashtirishlari lozim.

Avvalroq Putin maxsus xizmatlar 2015 yilda 30 dan ortiq teraktning oldini olishganini ma'lum qilgandi.

Яндекс.Метрика