У нас есть только
оригинальные песни

Putin Rossiyaning yangi quroli tayyor ekanini ma`lum qildi

calendar 07.06.2018
1515

Rossiya prezidenti Vladimir Putin «to'g'ridan-to'g'ri muloqot» davomida Rossiyaning eng yangi quroli tayyorlikning qanday darajasida ekani haqidagi savolga javob qaytardi.

Uning so'zlariga ko'ra, «Kinjal» gipertovushli aviatsion raketa kompleksi qurolli kuchlarga topshirilgan, 2019 yilda esa «Avangard» tizimi, 2020 yilda - «Sarmat» raketasi taqdim etiladi.

«Shuningdek, ma`lum bir ishlanmalar bor - global uzoq masofaga mo'ljallangan raketa va suvosti dron qurilmasi. Bu yerda yadro dvigatel qurilmasining sinov bosqichi yakunlandi. Biroq, yana ba`zi bir narsalarni rejali rejimda amalga oshirish darkor. Ish aynan reja bo'yicha ketmoqda», - deya qayd etib o'tgan Putin.

Putinning so'zlariga ko'ra, qurol qurolli kuchlarga o'z muddatida taqdim etiladi.

Rossiya prezidentining ta`kidlashicha, bunga ishonmaganlar, avval ham ishonishmagan, ammo bu Rossiyaga qurolni yaratishda xalaqit bermadi.

Яндекс.Метрика