У нас есть только
оригинальные песни

Putin Shavkat Mirziyoyevni birinchi bo'lib tabrikladi va Moskvaga taklif qildi

calendar 05.12.2016
2565

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni O'zbekiston prezidenti saylovidagi ishonchli g'alaba bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qilgan."5 dekabr kungi telefon muloqoti davomida Rossiya Federatsiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni O'zbekistonga yangi prezident bo'lgani bilan tabrikladi va unga davlat rahbarligi lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi", — deyilgan xabarda.Qayd etilishicha, taklif qabul qilingan.O'zA Rossiya Prezidenti bilan telefon orqali muloqot haqida batafsil xabar bergan.Rossiya Federatsiyasi Prezidenti mamlakatimiz rahbarini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida muvaffaqiyat qozongani munosabati bilan chin qalbdan tabrikladi. Davlat rahbarlari hozirgi kunda ko'p qirrali O'zbekiston-Rossiya munosabatlari yuksak darajada ekanini mamnuniyat bilan ta`kidlab, Samarqand shahrida o'tgan oliy maqomdagi ikki tomonlama uchrashuv chog'ida erishilgan kelishuvlar rejali va tizimli asosda hayotga tatbiq etilayotganini ijobiy baholadilar. Tomonlar turli vazirlik va idoralar, xo'jalik sub`yektlari va boshqa tashkilotlar o'rtasidagi samarali va o'zaro manfaatli hamkorlik muayyan amaliy natijalar berayotganini alohida qayd etdilar.O'zbekiston va Rossiya rahbarlari strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, shuningdek, ikki tomonlama aloqalarga doir barcha sohalarda hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar bo'yicha ishonchli, ochiq va konstruktiv davlatlararo muloqotni izchil davom ettirish va jadal rivojlantirishga qat`iy tayyor ekanliklarini bildirdilar. Suhbat iliq va do'stona ruhda o'tdi. Manba: kun.uz

Яндекс.Метрика