У нас есть только
оригинальные песни

Putin Sobiq ittifoq vaqtidagi qatag'onlarni oqlab bo'lmasligini aytdi

calendar 31.10.2017
1128

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sobiq ittifoqda 1930-yillarda sodir etilgan siyosiy  qatag'onlarni hech qanaqasiga oqlab bo'lmasligini aytdi.

"Biz uchun, kelajak avlodlar uchun butun xalqlar, qatlamlar: ishchilar va dehqonlar, muhandislar va harbiy boshliqlar, ruhoniylar, davlat xizmatchilari, olimlar va madaniyat arboblari shafqatsiz ta`qiblarga mubtalo etilgan tariximizning o'sha fojiali davri haqida bilish va uni yodda saqlash juda muhimdir", deb aytdi Putin qatag'onlar qurbonlariga bag'ishlangan "Hasrat devori " yodgorligi ochilishi marosimida.

Putinning ta`kidlashicha, qatag'onlar butun xalq va jamiyat uchun fojiaga aylangan.

Yodgorlik 30 oktabrda Moskvada ochildi. Davlat rahbari Moskva meri Sergey Sobyanin va Moskva va butun Rus patriarxi Kirill bilan yodgorlikni aylanib chiqqan va marosimning bir necha mehmonlari bilan suhbat qurgan.

Яндекс.Метрика