У нас есть только
оригинальные песни

Putin to‘rtinchi bor Rossiya prezidenti etib saylandi

calendar 19.03.2018
1151

Vladimir Putin Rossiya prezidenti saylovida rekord darajadagi natija bilan g‘alaba qozondi: uning uchun 52 milliondan ko‘proq saylovchi ovoz berdi (76,5 foizdan oshiq). Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Qayta saylangan davlat rahbari rossiyaliklarga ishonch uchun minnatdorlik bildirdi va avvalgidek g‘ayrat-shijoat bilan, biroq yanada samarali ishlashda davom etishini bildirdi.

Putin prezidentlik saylovida to‘rtinchi bor ishtirok etdi. 18-martga qadar uning uchun 2004-yilgi saylov natijalari (49,563 million kishi, 71,31 foiz) rekord ko‘rsatkich edi. 2012-yilda uni 45,602 million saylovchi (63,60 foiz) qo‘llab-quvvatladi.

Salkam 12 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinni KPRF nomzodi Pavel Grudinin egalladi. Uchinchi o‘rinda qayd etilgan LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy 6 foizga yetmagan ovoz oldi.

Teleboshlovchi Kseniya Sobchakni saylovchilarning 1,65 foizi qo‘llab-quvvatladi. Qolgan 4 nafar nomzod 0,65 foizdan 1,03 foizgacha bo‘lgan ovoz oldi.

Putin keyinchalik prezidentlik saylovida ishtirok etgan barcha nomzodlar bilan uchrashish niyatini bildirdi.

Яндекс.Метрика