У нас есть только
оригинальные песни

Putin: Turkiyadagi Rossiya fuqarolari xavf ostida qolishi mumkin

calendar 25.11.2015
2891

Turkiya hududida bo'lgan Rossiya fuqarolari sezilarli darajada xavf ostida qolishlari mumkin, deya ta'kidlab o'tdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatmoqda.

«Kecha sodir bo'lgan voqeadan keyin boshqa shu kabi voqealar sodir bo'lgan taqdirda ularni bee'tibor qoldira olmaymiz. Bunga qandaydir reaktsiya bildirishimizga to'g'ri keladi. Turkiya hududida bo'lib turgan Rossiya fuqarolari albatta sezilarli xavf ostida qolishlari mumkin. TIV bu haqida aytishi shart», — deya ta'kidladi Putin.

Oldinroq, Rossiya TIV Turkiya tomonidan Su-24 samolyotining urib tushirilishi bo'yicha izoh berishlarini talab qilib chiqqandi.

Eslatib o'tamiz, 24 noyabr kuni tongda Turkiya—Suriya chegarasida Suriyadagi harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirildi. Turkiyaning ta'kidlashicha, samolyot mamlakat havo kengliklarini buzib o'tgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining qayd etishicha, Rossiya samolyoti Turkiya hududiga kirmagan.

Яндекс.Метрика