У нас есть только
оригинальные песни

Putin uni Suriyada qo‘riqlagan harbiy xizmatchilarni rag‘batlantirdi

calendar 17.12.2017
1349

Vladimir Putin topshirig‘iga binoan Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu davlat rahbarining Suriyadagi Xmeymim aviabazasiga tashrifi davomida xavfsizlikni ta’minlagan barcha harbiy xizmatchilarga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda vazirlik axborot va ommaviy komunikatsiyalar departamenti ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Qo‘yilgan vazifalarni namunali bajargani uchun Rossiya prezidentining aviabazadagi xavfsizligini ta’minlagan maxsus operatsiyalar kuchlari, harbiy politsiya zobit va harbiy xizmatchilari, prezident bortini kuzatib borgan qiruvchi va armiya aviatsiyasi uchuvchilari, shuningdek, havo hujumidan himoya bo‘linmasi shaxsiy tarkibi, radioelektron kurash mutaxassislari va O‘rta Yer dengizidagi ayrim kemalar ekipaji rag‘batlantirildi.

Keyinchalik, yillik matbuot anjumani chog‘ida Putin tashrif tafsilotlari, xususan, uning xavfsizligi qanday ta’minlangani haqidagi taasurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning aytishicha, parvozning eng xavfli daqiqalari ko‘chma zenit-raketa kompleksi nishoniga aylanishi mumkin bo‘lgan samolyot ko‘tarilishi va qo‘nishi bo‘ldi.

Яндекс.Метрика