У нас есть только
оригинальные песни

Putin va Kerri Ukraina va Suriyadagi ixtiloflarni muhokama qilishdi

calendar 16.12.2015
1634

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda muhokama qilingan asosiy mavzular Ukraina va Suriyadagi vaziyatlarni hal qilish va terrorchilikni yo'q qilish masalalari bo'ldi.

Uchrashuv davomida Suriyadagi vaziyatni tartibga solish masalasi batafsil muhokama qilindi, Vena kelishuvlari tasdiqlandi va terrorchilikka qarshi kurash bo'yicha keyingi harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib olindi.
Moskva va Vashington terrorchilik kabi yovuzlikni yakson qilishdagi qat'iyatliklarini yana bir bor ta'kidladilar va terrorchilik tashkilotlari ro'yxatini tuzish bo'yicha faoliyatni davom ettirishga kelishib oldilar.

Tomonlar Ukraina ixtilofini tartibga solish bo'yicha fikrlar almashdilar va Ukraina bo'yicha Minsk kelishuvlari va Normand formatini qo'llab-quvvatlashlarini tasdiqladilar.
Uchrashuvda ishtirok etgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Nyu-Yorkda 18 dekabrda Suriyani qo'llab-quvvatlash guruhining tashqi ishlar vazirliklari darajasidagi navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tishini ma'lum qildi. Lavrov bu uchrashuv natijalariga ko'ra rezolyutsiya loyihasining BMT xavfsizlik kengashiga ko'rib chiqilish uchun berilishiga umid bildirmoqda.

Яндекс.Метрика