У нас есть только
оригинальные песни

Putin va Obama G20 sammiti arafasida qo'l siqishib ko'rishishdi

calendar 15.11.2015
2273

AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaning Antalya shahrida boshlangan G20 sammiti vaqtida uchrashishdi va qo'l siqishib ko'rishishdi. Bu haqda "RIA Novosti" nashri xabar tarqatgan.

Ushbu rahbarlar muzokaralarga kirishishdan oldin suratga tushishgan.

Qayd etilishicha, muzokaralar xonasiga yo'l olgan siyosatchilar bitta liftda yuqoriga ko'tarilishgan: Putin va Obamaning yonida Еvrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker hamda Germaniya kantsleri Angela Merkel bo'lgan.

Frantsiyada bo'lib o'tgan voqealar sababli IShID va terrorizm sammit kun tartibidagi asosiy mavzulardan biri bo'lishi kutilmoqda.

Яндекс.Метрика