Sentyabr oyida Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining yubiley 70-sessiyasi doirasida Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Barak Obamaning yo'llari tutash kelishi mumkin. AQSh Davlat kotibining Еvropa va Еvroosiyo ishlari bo'yicha yordamchisi Viktoriya Nuland bunday ehtimol mavjudligini aytdi.
Nuland AQSh va Rossiya etakchilarining BMT Bosh assambleyasi sessiyasi davomida ehtimoliy uchrashuvlari haqida hech qanday rasmiy ma'lumotlarga ega emasligini aytdi. "Hozircha bu borada men hech narsa ayta olmayman. Shak-shubhasiz bu xususda qarorni AQSh Davlat departamenti emas, balki Oq uy qabul qiladi”, deya izoh berib o'tdi Nuland.
Biroq Nulandning aytishicha, Obama sessiya doirasida bir qator ko'ptomonlama tadbirlarda ishtirok etadi. "Ulardan ba'zilarida Obama va Putin bir-biri bilan to'qnash kelishi mumkin”, deb ta'kidlamoqda Nuland.