RF prezidenti Vladimir Putin hamda AQSh davlat rahbari Donald Tramp musulmonlarni Ramazon hayiti bilan qutlashdi. Bu haqida rahbariyat matbuot xizmatlari xabar berdi.
"Ramazon hayiti - islom izdoshlari asrlar davomida nishonlab keladigan eng asosiy diniy bayramlardan biri. U Muqaddas Ramazon oyini yakunlab, chuqur axloqiy ahamiyat kasb etadi, u o'zida yangilanish quvonchi, mukammallikka intilish, ezgulik qilish, muhtojlarga yordam qo'lini cho'zish kabilarni ifodalaydi", - deyiladi tabrikda.
Shuningdek Putin mamlakatdagi diniy tashkilotlarning faoliyati samimiy hurmatga loyiq ekanini ta`kidladi.
AQSh prezidenti Donald Trmap ham musulmonlarni ushbu muqaddas bayram bilan tabrikladi.
"Muqaddas Ramazon oyida AQSh musulmonlari ham ezgu va xayrli ishlarda butun dunyo musulmonlariga qo'shilib qolishadi", - deyiladi Oq uy murojaatida.
Trampning so'zlariga ko'ra, Iyd-Al-Fitr "rahmat, mehr-shafqat va ezgulikning naqadar muhimligini yodga soladi".
"AQSh butun dunyo musulmonlari bilan bir qatorda bu qadriyatlarga sodiqligini ifodalaydi", - deyiladi tabrikda.
Bundan tashqari, AQSh bosh kotibi Reks Tillerson ham musulmonlarni ushbu qutlug' bayram bilan muborakbod etdi.