У нас есть только
оригинальные песни

Putin Xelsinkiga keldi. Tramp ham shu yerda

calendar 16.07.2018
943

Rossiya prezidenti Vladimir Putin samolyoti Finlyandiya poytaxti Xelsinkiga qo'ndi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, samolyot belgilanganidan bir yarim soat kechikib aeroportga kelgan.

Oq uy tomonidan e`lon qilingan grafikka ko'ra Putin va Tramp Toshkent vaqti bilan soat 15.20da yakkama-yakka uchrashishi kerak edi. Uchrashuv 3 soat davom etishi belgilangan.

Uchrashuv davomida tomonlar iqtisodiy va siyosiy masalalarni, Suriya va Ukrainadagi nizolarni va boshqa masalalarni muhokama qilishi rejalashtirilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp Xelsinkiga kun boshida kelgan va Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo bilan uchrashishga ulgurgan.

16 iyul kuni Xelsinkida Rossiya va AQSh rahbarlari ishtirokida sammit o'tkaziladi. OAV bu sammitni «tarixiy  sammit» deb atagan.

Яндекс.Метрика