Putinga Rossiya tug‘ilish koeffitsiyenti bo‘yicha Yevropa mamlakatlaridan o‘zib ketishi va’da qilindi

Rossiyada bir necha yildan so‘ng tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti deyarli barcha Yevropa davlatlariga nisbatan yuqori bo‘lishi mumkin. Bu haqda Rossiya mehnat vaziri Maksim Topilin mamlakat prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, koeffitsiyent yaqin orada 1,9 ga yetishi mumkin. Bu esa Fransiyadan tashqari qolgan barcha Yevropa davlatlariga qaraganda yuqori.

Putinning farmonlarida Rossiyada 2018-yilga kelib tug‘ilishning umumiy koeffitsiyenti 1,754 ga yetishi zarurligi belgilangan edi.

Vaholanki, shu yilning o‘zida mazkur ko‘rsatkich 1,77 ni tashkil etdi. Topilin ushbu raqamlarni “kutilmagan” deb atadi.


Комментарии (0) | Добавить: 14.09.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]