Putinning G'arb matbuotida eng ko'p muhokama qilinayotgan besh javobi

Ma'lumki, kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1 392 jurnalist ishtirokida katta matbuot anjumani o'tkazdi. Ushbu tadbirda yangragan savollarga davlat rahbari tomonidan berilgan ko'plab javoblardan beshtasi G'arb matbuotida ayniqsa qizg'in muhokama qilinmoqda, deb yozadi Rossiyaning qator onlayn nashrlari.

Turkiya haqidagi ko'plab savollardan biriga javob berarkan, Putin “Turkiyaning bugungi rahbariyati bilan kelishishning imkoni yo'q”, deb ta'kidladi. Italiyaning Il Giornale nashrida yozilishicha, Kreml boshlig'i “Anqaraga nisbatan so'zlarni ayamagani”ni e'tirof etdi.

“Su-24 voqeasidan buyon Turkiya hamon uning birinchi raqamli dushmani bo'lib qolmoqda”, - deb yozadi maqola muallifi.
Britaniyaning Daily Express nashri ham shu so'zlarga e'tibor qaratib, ikki davlat o'rtasidagi kelishmovchilik Еvropa Ittifoqiga ham yaxshilik keltirmasligini ta'kidladi. “Turkiya oqimi” bo'yicha muzokaralar to'xtab qolgan taqdirda Еvropa energetik xaritasida keskin o'zgarishlar sodir bo'ladi.

“Soha ekspertlarining fikricha, Su-24 voqeasining diplomatik oqibatlari Turkiyani halokatga keltirishi mumkin”, - xulosa qildi muallif.
G'arb matbuoti Putinning Ukrainada “ayrim masalalarni hal qiladigan odamlar” borligi haqidagi so'zlariga jiddiy e'tibor qaratdi.

Donbassda rossiyalik askarlarining borligi shu paytgacha inkor qilib kelinganiga qaramay, bu safar Putin “Biz u erda ma'lum masalalar, shu jumladan, harbiy soha bo'yicha, echimi bilan shug'ullanadigan odamlar yo'q deb hech qachon aytmaganmiz, lekin bu u erda Rossiyaning muntazam qo'shinlari bor degani emas. Farqini ko'ring” deb barchani lol qoldirdi. The Guardian, The Telegraph, Washington Times, Newsweek va boshqa nashrlar bu so'zlarda “Rossiya prezidentining birinchi marta Ukrainada RF harbiylari borligini omma oldida tan olishi”, deb baholadi.

Shuningdek, Putin Donald Trampni AQSh prezidentligiga nomzodlar ichida etakchi deb baholashi ko'pchilikning taajjubiga sabab bo'ldi.
“Donald Tramp va Vladimir Putin o'rtasidagi muhabbat ikki tomonlamaga o'xshaydi”, - kinoyali tarzda yozadi Politico nashri kolumnisti va o'quvchilarga Tramp ko'p marotaba Putinni ko'klarga ko'tarib, uni AQShning bugungi rahbariyatiga o'rnak qilib ko'rsatganini eslatib o'tadi.
Rossiya prezidentining Yozef Blatterga Nobel mukofoti berish lozimligi haqidagi gaplari ham tanqid ostiga olindi.

“Tushunmadim, Putin Blatterni maqtadimi, Nobel mukofotini masxara qildimi?”, - deb yozadi shvetsiyalik jurnalist Karl Frid Kleberg. New York Times sport sharhlovchisi Juliet Makur o'z noroziligini ifodalaydigan so'zlar topa olmayotganini ta'kidlab o'tdi.
CNN muxbiri Nik Robertsonning e'tirof etishicha, mamlakatning iqtisodiy ahvoli haqida gapirarkan, Putin barini ro'y-rost tan olgan.

“O'z so'zlarida u tashqi omillarni aybdor qilib ko'rsatmadi. U AQSh yoki, aytaylik, Fors ko'rfazi davlatlari – Saudiya Arabistonini ayblab o'tirmadi. Bu juda qiziq”, - qayd qilib o'tdi u.
Umuman olganda, G'arb tahlilchilarining aksariyati Rossiya etakchisi ijobiy kayfiyatda ekanligini e'tirof etishdi.


Комментарии (0) | Добавить: 18.12.2015
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Ter hididan halos bo'lishning 5 chorasi
Barmoqlar orqali kayfiyat va organizmni boshqarish usullari
Markaziy bank raisi Fayzulla Mullajonov vafot etdi
Baland poshnada to‘g‘ri yurish qoidalari: 7 maslahat
Samsung o'ta noyob displeyni namoyish etdi
Otabek Mirzayevdan dan Premyera
Ummon guruhi sudga berilmoqda. Sabab?
O‘zbekiston va AQSh prezidentlarining barcha uchrashuvlari
Yuz terisini tozalashning 6 usuli
Homilador ayollar uchun eng zararli oziq-ovqatlar
Oyoqdagi quruq qadoqlar qanday paydo bo‘ladi va ularni qanday yo‘qotish mumkin?
Messi «Real» haqli chempion bo'lganini tan olgan
Rossiyada migrantlar uchun jarimalar oshirilishi mumkin
AQSh Ukrainaga bepul harbiy yordamni bekor qilishi tasdiqlandi
O'zbekistonda Uzcard raqobatchisi paydo bo'ladi
Fast-fuddan voz kechish qoidalari
Uyqu to‘g‘risidagi eng qiziqarli haqiqatlar
Azamat Ahrorovning 200 mingdan ziyod obunachisi bo‘lgan Instagram-akkaunti “o‘g‘irlandi”. “Qaroqchilar” aktyordan 350 dollar talab qilmoqda
Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyodda Donald Tramp bilan uchrashdi
Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev O'zbekistonga keldi
Go'sht nega qimmatlashdi?
O'qituvchi bir kunda 6 soatdan ziyod ishlashi mumkin emas
Sergeli avtomobil bozoridagi narxlar e`lon qilindi (21.05.2017)
Nima uchun yaxshi uyqu erkaklar salomatligi asosi hisoblanadi?
40 yoshga to'lgunga qadar to'xtatilishi kerak bo'lgan xatolar
22-may kunida sodir bo'lgan voqealar
Uy sharoitida chizkeyk tayyorlaymiz
Shavkat Mirziyoyev sammitda markaziy osiyolik prezidentlar davrasida (Foto)
Toshkent IIBBda otliq otryad tashkil etiladi
Olimlar immunitetni saraton hujayrasini o'ldirishga majburlovchi antitela ishlab chiqishdi