У нас есть только
оригинальные песни

Putinning so'zlaridan so'ng Moskvada benzin narxi arzonlashdi

calendar 15.12.2014
4542


Rossiya poytaxti Moskva shahrida o'tgan hafta davomida benzinning chakana narxi sezilarli arzonlashdi. Bu haqda "RBK” xabar bermoqda. Moskva yonilg'i uyushmasi ma'lumotlariga ko'ra, Ai-92 markasidagi benzin o'rtacha 33,08 rubldan sotilayotgan bo'lsa, Ai-95ning narxi 35,96 rublni tashkil etmoqda. Qayd etishlaricha, Moskvadagi benzin narxlari Rossiya prezidenti jahon bozorida neft narxi arzonlashayotgan vaqtda, Rossiyada benzinning chakana narxi oshayotganidan hayronligini bildirganidan so'ng tushishni boshlagan. "Lukoyl” vakilining ma'lum qilishicha, kompaniya AYoQShlarida benzin narxi 50 kopeykaga arzonlashgan. "Bashneft” vakili Moskvada benzinning chakana narxi arzonlashuviga izoh berishdan bosh tortib, har qanday narxning arzonlashuvi bozor sharoitlariga bog'liqligini aytgan. "Rosneft” vakili esa izoh berishdan bosh tortgan.Ma'lumot uchun, 9 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat a'zolari bilan bo'lib o'tgan majlis chog'ida jahon bozorida neft narxining ochiq arzonlashuvi kuzatilayotgan vaqtda benzinning chakana narxi qimmatlashuvidan hayronligini bildirib, Rossiya Monopoliyaga qarshi kurash federal xizmatiga ushbu holat bilan shug'ullanish haqida ko'rsatma bergandi. Monopoliya qarshi kurash federal xizmati esa 9 dekabrning o'zidayoq Rossiya neft kompaniyalarini AYoQShlardagi benzin narxlarini bozordagi shart-sharoit va holatga muvofiqlashtirish to'g'risida ogohlantirgandi.
Яндекс.Метрика