У нас есть только
оригинальные песни

Putinning yordamchisi mamlakatda 5 mln qashshoq paydo bo'lgani haqida xabar qildi

calendar 25.05.2016
1281

Rossiya prezidenti yordamchisi Andrey Belousovning TASSga ma'lum qilishicha, mamlakatdagi iqtisodiy pasayish va rublning qadrsizlanishi tufayli yashash uchun zarur eng minimum miqdorda daromad qiladigan rossiyaliklar ortishi mamlakat iqtisodida jiddiy muammolarni paydo qiladi. 

"Yashash uchun zarur eng minimum miqdorda daromad qiladigan rossiyaliklar hozirda aholining 13 foizini tashkil qilmoqda. Inqirozgacha bu ko'rsatkich 10 foiz edi. Inqiroz tufayli Rossiyada deyarli 5 mln qashshoq paydo bo'ldi", degan u.

Belousovning qayd etishicha, bu muammoni engib o'tish, qashshoqlik darajasini inqirozdan oldingi davrga qaytarish uchun bir necha yil talab etilishi mumkin.

Bundan oldinroq, Belousov Rossiya iqtisodi 2-3 yildan keyin 4 foizlik barqaror o'sishga ega bo'lishini aytib o'tgandi.

Яндекс.Метрика