У нас есть только
оригинальные песни

Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi

calendar 09.09.2018
3170

Pxenyanda 9 sentabrda Shimoliy Koreya tashkil topganining 70 yilligi munosabati bilan harbiy parad o'tdi. Tantanali tadbirlarda ishtirok etishga 10 mingga yaqin harbiy va minglab fuqarolar jalb qilingan.

Parad davomida Shimoliy Koreyaning og'ir harbiy texnikasi namunalari namoyish qilingan, biroq qit`alararo va ballistik raketalar olib o'tilmagan.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In paradda ishtirok etgan, biroq xalqiga nutq bilan murojaat qilmagan. Uning o'rniga Shimoliy Koreya Oliy xalq yig'ini prezidiumi rahbari Kim Yong Nam nutq so'zlagan.

Kuzatuvchilarning ta`kidlashicha, Shimoliy Koreyada yirik bayramlardan ko'pincha davlatning harbiy qudratini ko'rsatish uchun foydalaniladi. Joriy paradda raketalarning namoyish qilinmagani Shimoliy Koreya va AQSh munosabatlari yaxshilangani bilan bog'langani ta`kidlab o'tilgan. 

Jurnalistlarning fikricha, bu Kim Chen In ikki davlat o'rtasida muzokaralar davom etayotgani sababli diplomatik ig'vo keltirib chiqarishni istamaganining yaqqol alomatidir. 

Qayd etish joizki, paradga kirish chiptalari 100 dollardan 800 dollargacha turgan.

Shimoliy Koreya 1948 yil 9 sentabrda xalq-demokratik davlati sifatida tashkil etilgan. 

Яндекс.Метрика