У нас есть только
оригинальные песни

QACHONKI MEN O'LSAM...

calendar 10.10.2012
3052

QACHONKI MEN O'LSAM...

Qachonki men o'lsam shamol bo'laman,
Osmonga uchaman laylak qor tomon
Sen tomon yetaklab beg'ubor qorni
Eslataman jonginam o'zim borligim.
SHunda sen eslaysan o'tgan kunlarni
Laylak qorni quchoqlab o'ksib yig'laysan
Qor tegar yuzingga meni eslatib
SHunda ham yig'laysan bag'ring tig'laysan.
Qachonki men o'lsam yomg'ir bo'laman
Ustingga tokilib o'zim eslatib
Ho'l qilaman sevarim qora sochingni
Butun vujudingni namga to'ldirib
SHunda sen eslaysan yetim sevgimni.
Yomg'irga termulib to'yib yig'laysan
Yomg'ir oqar yuzingdan meni eslatib,
Yig'laysan sababin o'zing bilmaysan.
Qachonki men o'lsam quyosh bo'laman
Quritmoqchi bo'laman usti bowingni,
Kelaman nur bo'lib yoningga jonim
SHu nur bilan artaman ko'zu yowingni.
SHunda sen eslaysan mening borligim
Yig'laysan vujuding o't bo'lib yonib,
Nur istar yuzingga olovdek bo'lib
Ko'z yowlaring to'xtamas mexrimdan qonib.
Qachonki men o'lsam bulut bo'laman
Ortingdan soyadek yuraveraman
Qayoqqa bormagin jonginam meni
Bulutni sen tomon buraveraman.
SHunda sen eslaysan sevgilim meni
Ko'zingdan yoshlaring to'xtamay yig'lab 
Men senga soyadek bo'lganim eslab,
Osmonga yolvorasan qayt sarvarim deb.
Qachonki men o'laman tun bo'laman,
Qorong'u bo'laman senga boraman
Sen esa uxlaysan orom olasan,
Men esa yoningga kirib olaman.
Tunda ham yig'laysan armonim meni
Tushlaringda eslaysan,orom olmaysan
Qorong'udan qo'rqasan zor qaqwab jonim
Tonglarni kutasan uyqu bilmaysan.
Qachonki men o'lsam kunduz bo'laman
Yoritaman yo'lingni yorug' qilaman.
Yoningda yuraman qo'lingdan tutib
Sen esa sezmaysan chunki men yo'qman.
SHunda sen eslaysan mening o'zimni
Ko'zingdachi hamon yosh kulgu bilmaysan.
Kunduz esa umuman menga yoqmaydi
Chunki kunduzda sen ko'proq yig'laysan.
Qachonki men o'lsam zamin bo'laman
Bag'rimga olaman qadamlaringni
Qiynamayin deysanu asta yurasan.
Men esa sanayman odimlaringni
Oxista yig'laysan sekin yurasan
Eslaysan men bilan yurgan yo'llarni.
Sog'inasan qumsaysan mening o'zimni
Tinmayin qarg'aysan daydi yillarni.
Qachonki men o'lsam ko'zing bo'laman
Shu ko'z bilan quvnatmoqchi bo'laman seni,
Atrofga qarataman nigohlaringni
Ozgina kulgin deyman sevarim meni.
Sen hanuz yig'laysan shu ko'zlar bilan
Boqmaysan atrofga sevgim eslaysan.
Ardoqlaysan ko'zlaring chunki u menman,
Shunda kamroq yig'laysan ko'zim eslaysan.
Qachonki men o'lsan kulgu bo'laman
Labingda yuraman tabassum bo'lib
Kuldirishni xohlayman mayus yuzingni
Erkalatgim keladi quvonching bo'lib.
Sen esa kulmaysan nuqul yig'laysan.
Qanday yupanch bo'ldim quvon4ing bo'lib
Tabassum qilmading gulim bir bora.
Kulgu bo'lib nima qildim jonim men o'lib
Qachonki men o'lsam yoq-yoq o'lmayman
Yoningda yuraman qo'lingdan tutib.
Majnuntol yoniga boraman asta
Osha yerda turaman men seni kutib.
Sen esa kelasan muhabbat bilan
Mehrni opichlab huzurim tomon.
men esa xursandman tilagim bitta
Doim sevishganlar bo'lsinlar omon!
Яндекс.Метрика