Qahramon prokuror. O'zbekistonda poraxo'rlikka qarshi kurash uchun rumincha namuna

Poraxo'rlikka qarshi qanday kurashish lozim? Agar bu ishni uddalash savolga javob berishdan ko'ra qiyin ekaniga ishonsangiz, quyida ruminiyalik oddiy prokuror ayolning faoliyatiga nazar tashlang. Axir, Laura Koveshi uni prokurorlikka tayinlagan Mircha Beseskuga nisbatan jinoiy ishi qo'zg'atib, mamlakat prezidenti Trayan Beseskuning akasi bo'lgan bu amaldorni poraxo'rlikda aybdor, deb topgan.

Transparency International​ tashkiloti e`lon qilgan ma`lumotga ko'ra, 2016 yilgi korrupsiyadan xoli mamlakatlar ro'yxatida Ruminiya 57-o'rinda qayd etilgan. O'zbekiston esa Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston hamda Turkmanistondan keyin, 156-o'rinda ko'rsatilgan. Demak, korrupsiyaning muammosi Ruminiyadan ko'ra, O'zbekiston jamiyatida juda og'ir edi.

Laura Kodrutsa Koveshi Ruminiya tarixidagi eng yosh va uzoq muddat prokurorlik lavozimida ishlab qolgan yagona kadr hisoblanadi. 2013 yil Ruminiya hukumati Yevropa Ittifoqi bosimi bilan mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi Direktoratni tashkil etishga majbur bo'lgandi. O'sha paytda hech kim Koveshidan bunchalik samaradorlikni kutmagani tayin. Negaki, u amalda bo'lgan bosh vazirning korrupsiyaga oid jinoyatini fosh etadi. 

The Guardian nashriga intervyu bergan prokuror xonim 5 nafar parlament a`zosi, 2 nafar (ayni paytda sobiq) vazir hamda sobiq bosh vazirga nisbatan ish ochgani haqida gapirib o'tgan. Raqamlar shundan dalolat beradiki, Laura Koveshi qisqa muddatli faoliyati davomida 3 nafar vazir, 6 nafar senator, 11 nafar deputat, 47 nafar shahar meri, 21ta yirik kompaniya rahbarlarini poraxo'rlik, davlat mulkini noqonuniy o'zlashtirgani uchun sud oldida javob berishga majbur qildi. 

Korruptsiyaga qarshi kurashish Direktorati tarqatgan rasmiy xabarga ko'ra, o'tgan 3,5 yil ichida 1,4 ming kishining korrupsiyaga aloqadorligi aniqlangan. Ulardan 100 nafarga yaqini sud va prokuratura tizimida ishlagan sobiq amaldorlar bo'lib, ayblanganlarning 20 foizi haqiqiy jazoga tortilgan.

Hokimiyat tepasida turgan elitaga prokuror xonimning faoliyati yoqmadi. Oqibatda, parlament 48 ming AQSh dollaridan kam miqdordagi poraxo'rlik ishiga aralashib qolgan amaldorni jinoiy javobgarlikdan ozod etish to'g'risidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi. 2017 yil fevral oyida esa Buxarest markaziga to'plangan 250 mingdan ortiq kishilar Koveshi faoliyatini qo'llab-quvvatlab, yirik namoyishlarni boshlab yubordi. Natijada qonun bekor qilindi. Shu bilan ruminiyaliklar korrupsiyadan qutulishga harakat qilmoqda, avvalo amaldorlarning ushbu vaziyatdagi ishtiroki katta munozaraga sabab bo'ladi.

O'zbekistonda vaziyat qanday?

2017 yil 4 yanvardan kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasining «Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonuni korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha yil davomida qilingan eng katta amaliy qadam bo'ldi. Bir oy o'tib, ya`ni 2 fevralda Prezident «Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorni imzoladi. 

Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan o'tkazilgan davra suhbatida ma`lum qilinishicha, o'tgan bir yilda 1 ming 300 dan ziyod korrupsiya va iqtisodiyot asoslariga qarshi sodir etilgan jinoyatlar aniqlangan. Tabiiyki, korrupsiyaga oid jinoyatlar qancha, uning darajasi va kimlar tomonidan sodir etilganiga oydinlik kiritilmagan. Keltirilgan raqamlar esa poraxo'rlikdan tashqari, tovlamachilik, firibgarlik, valyuta qoidasini buzish, qalbaki pul yasash, talon-tarojlik hamda boshqa turdagi holatlarni ham o'z ichiga oladi. Vaholanki, ayni paytda Ruminiyada 120 nafar prokuror yordamchilari 6000ta korrupsiyaga aloqador bo'lishi nazarda tutilgan ish ustida ish olib bormoqda.

Demak, bizga Laura Koveshi kabi yakka shaxs yoki ishini sidqidildan bajaradigan qahramonlar zarur. Bu vaziyatga befarq bo'lmaslik uchun korrupsiyaga qarshi kurashda barcha ogoh bo'lishi, hech bo'lmaganda alohida poraxo'rlikni tugatish talab etiladi.


Комментарии (0) | Добавить: 02.01.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi