У нас есть только
оригинальные песни

Qahva va energetiklar o‘rnini bosadigan tetiklashtiruvchi ichimliklar

calendar 24.02.2017
1677

Agar siz ish kuningizni qahvasiz yoki energetiklarsiz tasavvur qila olmasangiz va buning sog‘liqqa salbiy ta’sir qilishi mumkin ekanligini o‘ylayotgan bo‘lsangiz, biz sizga maqolamiz orqali bu ichimliklarning o‘rnini bosa oladigan uch xil ichimlikni taqdim qilmoqchimiz.

Sikoriy

Sikoriy — ko‘proq qahvaning ta’mini eslatuvchi eng keng tarqalgan ichimlik hisoblanadi.

Sikoriy tarkibidagi A, E, B1, B2, B3, C, PP vitaminlari, kalsiy, kaliy va magniy — birgalikda sochlar va teri holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va modda almashish jarayonini tartibga solib turadi.

Yashil sharbat

Ertalabki ichilgan yashil sharbat qahvadan ham yaxshiroq tetiklashtiradi. Sabzavot va ko‘katlarning foydasi ko‘pchilikka ma’lum, albatta.

Uning tarkibidagi antioksidant va vitaminlar immunitetni oshiradi, organizmdan og‘ir metallarni chiqarishga va qonni tozalashga yordam beradi.

Limonli suv

Kuningizni bir piyola limonli iliq suv ichish bilan boshlang. Limon sharbati organizmni tozalaydi va hazm tizimi faoliyatiga yordam beradi.

Яндекс.Метрика