У нас есть только
оригинальные песни

Qalovini topsang qor ham yonar: Toshkentdagi do'konlar 1 martgacha 6 mingta terminal bilan jihozlanadigan bo'ldi

calendar 22.02.2017
1112

Toshkent shahridagi savdo nuqtalari va xizmat ko'rsatish punktlari 1 martgacha qo'shimcha 5-6 mingta terminal bilan jihozlanadi, deb ma`lum qildi Toshkent davlat soliq boshqarmasi boshlig'i Muzaffar Pardayev. Bu haqda podrobno.uz nashri xabar bermoqda.
 
Pardayevning aytishicha, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning chakana savdo va xizmat ko'rsatish sohasida bank kartalari bo'yicha to'lovlarni qabul qiluvchi terminallarsiz faoliyat yuritishni taqiqlash haqidagi yangi qaroriga ko'ra, terminallar yetishmasligini aniqlash bo'yicha terminallar mavjud bo'lmagan ob`yektlar inventarizatsiyasi olib borilmoqda.    

"Biz 10 kun ichida inventarizatsiya o'tkazishimiz kerak. Hozir u 4-kun ketmoqda va ayni vaqtda terminallar bilan ta`minlanmaganlik 1,7 ming donani tashkil qilmoqda. O'ylashimcha, yangi qoidalar shartlarini bajarish uchun poytaxtlik tadbirkorlarga qonuniy ishlashlari uchun 5-6 ming terminal yetkazib berishimiz kerak. Amaldagi qonunchilikka ko'ra, mamlakatimizda 12 turdagi pullik xizmat va 9 turdagi savdo faoliyati mavjud. Biz inventarizatsiyani shundan kelib chiqib o'tkazmoqdamiz", deb aytgan Pardayev.    

Pardayev karta bilan to'lovlarni amalga oshirishda narxlarning sun`iy oshirib ko'rsatilishiga qarshi kurash qanday borishini so'zlab berdi. Soliq idoralari fuqarolardan kelib tushgan shikoyatlarga ko'ra nazorat xaridlari va reydlar amalga oshirmoqchilar. Bundan tashqari, qoidabuzarlar bank ma`lumotlariga ko'ra ham aniqlanadilar. 

Qoidabuzarlar haqida soliqchilar uchun yana bir manba bo'lib soliq to'lovchilarning elektron bazasi xizmat qiladi. Pardayevning aytishicha, mamlakatimiz soliq idoralari bugungi kunda eng yaxshi va eng to'liq ma`lumotlar bazasiga ega. Shuning evaziga soliqchilar barcha zaruriy ma`lumotga ega bo'ladilar. 

Misol uchun, u yoki bu tadbirkorlik sub`yekti o'tgan yili yoki o'tgan oy qanday oborotga ega bo'lgani, qancha pul topshirgani haqidagi ma`lumotlar doimo muhayyo bo'ladi. Bu ma`lumotlar asosida tadbirkor qanchalik halol ishlayotgani haqida hukm chiqarsa bo'ladi. 

"Yashirib nima qilamiz, hozirda plastik va naqd pulda to'lovni amalga oshirishda farq mavjud. Bunga guvoh bo'lish uchun uzoqqa borish shart emas. Shuning uchun biz tadbirkorlar bilan ishlamoqdamiz va ular tezroq talablarni tushunib, iste`molchilar huquqlarini kamsitmagan holda qonunan ishlashlaridan manfaatdormiz", deb o'z so'zlarini yakunladi poytaxtning bosh soliqchisi. 

Яндекс.Метрика