Qanday asoslarga ko'ra mehnat ta`tili boshqa vaqtga ko'chiriladi?

“Postda” nashrida Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi S. Mansurovning murojaatnomasi keltiriladi. Unda shunday deyiladi: “Men sentyabr' oyida ta`tilga chiqishim kerak. Lekin ba`zi sabablarga ko'ra, mehnat ta`tilini boshqa muddatga ko'chirmoqchiman. Buning imkoni bormi? Umuman, qanday asoslarga ko'ra mehnat ta`tili boshqa vaqtga ko'chiriladi?”

S.Mansurovning mazkur savoliga huquqshunos Bo'riboy Miralimov javob bergan:
“O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 145-moddasida mehnat ta`tilini uzaytirish yoki uni boshqa muddatga ko'chirish asoslari bayon etilgan. Unga muvofiq, hodimlar quyidagi hollarda ta`tilni uzaytirish yoki boshqa muddatga ko'chirish huquqiga ega:

- vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz davrida;
- homiladorlik va tug'ishta`tili muddati boshlanganda;
- yillik ta`til o'quv ta`tili vaqtiga to'g'ri kelib qolganda;
- davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotganda, basharti qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda bunday vazifalarni bajarish uchun hodimni ishdan ozod etish nazarda tutilgan bo'lsa.

Agar ta`tildanfoydalanishga to'sqinlik qiluvchi sabablar ta`til boshlangunga qadar kelib chiqqan bo'lsa, hodim bilan ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga binoan ta`tildan foydalanishning yangi muddati belgilanadi. Bunday sabablar ta`til davrida kelib chiqqan hollarda, ta`til tegishli kunlar soniga uzaytiriladi yoki hodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan ta`tilning foydalanmay qolgan qismi boshqa muddatga ko'chiriladi.

Hodim ta`tildan foydalanishga to'sqinlik qiluvchi sabablar to'g'risida ish beruvchini habardor qilishi shart. Agar hodim belgilangan muddatda ta`tilning boshlanish vaqti to'g'risida o'z vaqtida habardor qilinmagan yoki unga ta`til boshlangunga qadar ta`til vaqti uchun haq to'lanmagan bo'lsa, ta`til hodimning arizasiga muvofiq boshqa vaqtga ko'chiriladi”.


Комментарии (0) | Добавить: 02.10.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]