У нас есть только
оригинальные песни

QANDAY BO'LARKAN JAVOBSIZ SEVGI...?

calendar 12.07.2011
4404
Assalomu alaykum hurmatli saytdoshlar. Men Yoshlar.com saytiga istedod egalarini qidirib yurgandim. Va saytimizdan ro'yhatdan o'tmagan bo'lsa ham doim har kuni saytimizga kirib ajoyib izohlar qoldiradigan ''Sirli qiz'' tahallusida bir istedod egasini topdim. Marhamat ''Sirli_qizni''  ilk yozgan sherini o'qib fikringizni izohda qoldiring. Sirli qiz saytdan ro'yhatdan o'tolmaganligi sabab sherni saytga men joyladim. Marhamat she'rni o'qib ko'ring..'

JAVOBSIZ SEVGI...
Bu hayot turfa chigalliklardan iborat ekan. Buni asta sekin tushinyabman....
18 yoshimda Ollohdan so'radim ''EY OLLOH ANCHADAN BUYON KUTAYOTGAN HAYOLIY SHAXZODAMNI UCHRATISHIMGA IMKON BER TOKI 18 YOSHIM ESDA QOLARLIK BO'LSIN''.....
Ha man uni uchratdim. Topdim uni...... Lekin......

Mayli hozircha men yashayman suyib.
Javobsiz sevgining o'tida kuyib.
Bir gapni qulog'inga olgin quyib.
Sen baribir meni sevib qolasan bir kun kelib......

Qarab tur bir kun g'amlar chekasan.
Yo'llarimni poylab qonlar yutasan.
Lek bir bor ko'rolmay,g'amgin ketarsan.
Hali sen ham meni javobsiz sevarsan......

Yoningdagi parilar mendek sevolmas.
Sevsada menchalik yonib-kuyolmas.
Seni aldashdan ular o'zin tiyolmas.
Bir kuni joniga tegib qolarsan.
Shunda chin sevgim qadrin bilarsan....

O'sha damda meni eslaysan borim.
Vaqti kelib bo'lging kelar meni yorim.
Lek o'shanda men bo'lgancha zolim.
O'zga yorni sevib qolarman.....

Shu tarzda sendan qastim olarman.
Noz ila kerilib, ketib qolarman.
Men shunday o'jarlik qilib.
Sen beparvodan o'chim olarman.......

Sen ham hali men kabi yonarsan.
Atirgul ko'tarib kutib tolarsan.
Axiyri gul kabi so'lib qolarsan.
Sen ham javobsiz sevging tamin totarsan......

Bazida bo'larsan barchaga kulgi.
Qanday bo'larkan a '' Javobsiz sevgi''......

Muddaoga o'ta qolay endi.
Bularning barchasi bor orzuyim edi..........

Muallif: Sirli_qiz

Hurmatli zamondosh agarda sizni ham istododiz bo'lsa bizni davramizga qo'shiling. Maqola va she'rlaringizni Yoshlar.com saytida joylang. Savollaringiz bo'lsa bosh admin sardor-oka@mail.ru ga murojat qiling.

miranda_89


IZOH QOLDIRISHNI UNUTMANG.....
Яндекс.Метрика